Xitoyda 40 dan ortiq maktab o‘quvchilari zaharlandi

Xitoyda 40 dan ortiq maktab o‘quvchilari zaharlandi

Xitoyning shimoli-sharqidagi Szilin provinsiyasidagi maktabdan 40 dan ortiq o‘quvchining harorati keskin ko‘tarila boshlagan va ich ketish alomatlari paydo bo‘ldi. Ular COVID-19 gumonlanib, shifoxonaga yotqizildi,  deya xabar bermoqda "Penpay" nashri.

Ilk alomatlar 27 may kuni Chanchun shahridagi birinchi o‘rta maktab o‘quvchilari orasida boshlangan va 28 may kuni tushgacha, kasalxonaga tushgan o‘quvchilarning umumiy soni 41 nafarga yetgan.

Hali davom yetayotgan koronavirus epidemiyasi sabab maktab o‘quvchilari ilk bor COVID-19 uchun sinovdan o‘tkazilgan, biroq shifoxonaga yotqizilganlarning barchasida test natijalari salbiy bo‘lgan. Har tomonlama epidemiologik tadqiqot o‘tkazilgach, o‘quvchilarga kampilobakterioz tashxisi qo‘yilgan.

Odamlarda kampilobakterioz asosan, o‘tkir ichak yuqumli kasalligi bo‘lib, oshqozon-ichak traktining shikastlanishi, turli organlar va tizimlarga zarar yetkazish bilan tavsiflanadi.

Kampilobakterioz ishlov berilmagan suv, go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda oziq-ovqat orqali yuqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!