Xitoy: “Uyg‘urlar turkiy xalq emas, Islom ularga majburlab singdirilgan”

Xitoy: “Uyg‘urlar turkiy xalq emas, Islom ularga majburlab singdirilgan”

Xitoyda e’lon qilingan hisobotda Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlarning turkiy xalq emasligi, ular vaqti-vaqti bilan “turkparast va Islomparast” guruhlarning siyosiy o‘yinchog‘iga aylantirilayotgani aytildi. Bu haqda “Evronyus” xabar bermoqda.

Kommunistik partiyaga qarashli Davlat kengashi ma’lumot agentligi tomonidan tayyorlangan hisobotda Sharqiy Turkiston hududi “separatist guruhlarning sa’y-harakatiga qaramay, tarix davomida Xitoyning ajralmas bir qismi” bo‘lib kelgani ta’kidlangan.

Shuningdek, Islom uyg‘urlarga majburlab singdirilgani va musulmonchilik uyg‘urlarning yagona diniy e’tiqodi emasligi aytilgan.

Hisobotda da’vo qilinishicha, Sharqiy Turkiston hududi uchinchi asrdan beri Xitoyga qarashli bo‘lib kelmoqda.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!