Xitoy qo‘shini Hindiston chegarasi tomon harakatlanmoqda

Xitoy qo‘shini Hindiston chegarasi tomon harakatlanmoqda

Reuters axborot agentligining AQShning Maxar Technologies sun’iy yo‘ldosh kompaniyasi suratlariga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, Xitoy harbiylari Ladox yaqinida yangi harbiy lager qurmoqda, ushbu hududga bir necha yillardan beri Hindiston, Pokiston va Xitoy da’vogarlik qilayotgan edi.

Xitoy qo‘shini Hindiston chegarasi tomon harakatlanmoqda

Koinotdan olingan tasvirlarda Xitoy armiyasi nazorat qilayotgan hududda chodirlar paydo bo‘lgani, bir hafta avval bu yerda bo‘lmagan ob’ektlar qurila boshlagani aks etgan.

Xitoy qo‘shini Hindiston chegarasi tomon harakatlanmoqda

Foto: Reuters

Xitoy askarlari avval kuzatuv punkti bo‘lgan va Hindiston armiyasi ob’ektni buzib tashlagan manzilda pulemyotlar o‘rnatish uchun lager shakllantirmoqda.

 

 

O‘z navbatida Hindiston hukumati nazorat chizig‘ida xitoyliklar bilan to‘qnashuv sodir bo‘lsa, ogohlantirishsiz o‘t ochishga ruxsat bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!