Xitoy hech qachon gegemonlikka intilmaydi — Si Szinpin

Xitoy hech qachon gegemonlikka intilmaydi — Si Szinpin

Xitoy rahbari Si Szinpin sammitda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasiga ASEAN kiruvchi 10 ta davlat rahbarlariga Xitoy hech qachon gegemonlikka intilmasligini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Davlat matbuoti xabarlariga ko‘ra, Xitoy rahbari muloqotning 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan Xitoy-ASEAN virtual sammiti mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotga hissa qo‘shishini aytdi.

“Xitoy hech qachon gegemonlikka intilmaydi yoki o‘z kuchidan kichik davlatlarni qo‘rqitish uchun foydalanmaydi va ASEAN bilan “aralashuv”ni bartaraf etish uchun ishlaydi”, dedi u.

Agentlikning qayd etishicha, sammit Myanma vakili ishtirokisiz boshlangan. Ishtirok etmaslik sababiga oydinlik kiritilmagan, Myanma harbiy hukumati vakili izoh berish so‘rovlariga javob bermagan.

Qayd etish joizki, dunyodagi eng yirik kasaba uyushmasi tarkibiga Xitoydan tashqari ASEANning o‘nta davlati – Vyetnam, Singapur, Indoneziya, Malayziya, Tailand, Filippin, Myanma, Bruney, Laos va Kambodja, shuningdek, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yangi Zelandiya kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!