Xitoy AQShga qaqshatqich javob qaytardi

Xitoy AQShga qaqshatqich javob qaytardi

Xitoy o‘ziga qaratilgan ayblovga javoban Qo‘shma Shtatlardagi inson huquqlari buzilishi haqida gapirdi, deydi belnovosti.by .

Nashr etilgan hujjatga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarining davlat xizmatchilari mahbuslarni zo‘rlab, qiynoqqa solib, o‘z rasmiy mavqeini suiiste’mol qilishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sobiq qamoqxona boshlig‘i Erik Skott Kindli bir necha marta mahbus ayollarni zo‘rlagan.

Bir qancha hukumat amaldorlari ham mahbuslarni kaltaklashgan. Achinarlisi, bu jarayonda ular mahkumlarning qo‘llarini qarshilik ko‘rsatmasliklari uchun kishanlab qo‘yishgan ekan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qo‘shma Shtatlar dunyo bo‘ylab inson huquqlarini baholovchi hisobot e’lon qilgandi. Mamlakat bir qator davlatlarni, jumladan, Xitoy va Rossiyani qattiq tanqid ostiga olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!