Xatirchida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi qurbon bo‘ldi

Xatirchida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi qurbon bo‘ldi

Joriy yilning 14 iyun kuni soat 20:40 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lining 135 km.da haydovchi 1987 y.t. X.M. “Skaniya” rusumli yuk transport vositasini “Xatirchi-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1994 y.t. SH.B. boshqaruvida bo‘lgan “Ford” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Skaniya” rusumli yuk transport vositasi haydovchisi X.M. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Ford” rusumli transport vositasi haydovchisi SH.B. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!