Xalqaro gullar festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Xalqaro gullar festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati markazidagi Tinchlik xiyobonida 61-xalqaro gullar festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz faollari, martabali mehmonlar, chet el delegasiyalari OAV vakillari va blogerlar, keng jamoatchilik ishtirok etdilar.

Tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov nutq so‘zladi va barchani qutlab, ushbu an’analarimizni rivojlantirishdan maqsad, hududlarimiz salohiyatini ko‘tarish, iqtisodiy va turizm potensialini oshirishdan iborat ekanligini ta’kidladi.
- Hurmatli Prezidentimizning shaxsiy tashabbus va tavsiyalari bilan bu festival xalqaro maqomga ega bo‘ldi. ko‘lami kengayib, dunyo miqyosiga ko‘tarilgani nafaqat Namangan, balki butun mamlakatimiz ahlining g‘urur-iftixoriga sabab bo‘lmoqda, - dedi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!