“Xalq so‘zi onlayn” Ravshan Ermatov bilan bog‘landi

“Xalq so‘zi onlayn” Ravshan Ermatov bilan bog‘landi

“Xalq so‘zi onlayn” nashri saytimiz o‘quvchilari uchun eksklyuziv intervyu olish maqsadida hakamimiz bilan bog‘landi. Ravshan Ermatov FIFA tartiblariga binoan hozircha intervyu bera olmasligini, ammo butun O‘zbekiston xalqi, qolaversa, Osiyo qit’asidagi muxlislarining qo‘llab-quvvatlashlarini qalban his qilayotganini va bundan cheksiz hayajonda ekanini bildirdi. 

— Yurtimiz sha’nini futbol dunyosining eng yuksak turnirida himoya qilayotganimdan boshim osmonda. Ijtimoiy tarmoqlardagi minglab sahifalarda vatandoshlarimning ezgu tilaklarini, quvonchli fikrlarini o‘qib, shu zamin farzandi ekanimdan, o‘zbek hakamlik maktabining obro‘si uchun o‘z hissamni qo‘shayotganimdan faxr-iftixorga to‘ldim, — dedi Ravshan Ermatov.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!