“Volkswagen” auksionga qo‘yilishi mumkin...

“Volkswagen” auksionga qo‘yilishi mumkin...

Kasbi tumanlalaro iqtisodiy sudining 28.08.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar “T.R.S.” fermer xo‘jaligi hisobidan davogar Mirishkor tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi foydasiga jami 50,5 mln. so‘m qarzdorlk undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Mirishkor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, ijro harakatlariga kirishilgan hamda qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan.

Ammo, javobgar qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaganligi bois, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan manziliga yana qayta borildi.

Xodimlarning navbatdagi huquqiy tushuntirishlaridan so‘ng ham qarzdorlik bartaraf etilmagach, qarzdorga tegishli bo‘lgan “Volkswagen” rusumli avtotransport vositasi xatlab olindi.

Kelgusida qarzdorlik bartaraf etilmasa, ushbu avtotransport vositasini onlayn-auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!