Video: Navoiyda yonilg‘i quyish shoxobchasi portladi

Video: Navoiyda yonilg‘i quyish shoxobchasi portladi

Ijtimoiy tarmoqlarda yonilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash tasvirlangan video tarqaldi.

Qalampir.uzga ma’lum bo‘lishicha, baxtsiz voqea bugun, 27 dekabr kuni Navoiy viloyatida yuz bergan. Aniqrog‘i viloyatning Navoiy shahri va Qiziltepa tumani yo‘lida soat taxminan 9:00 va 10:00 atrofida sodir bo‘lgan.



Videoda ta’kidlanishicha, shoxobchada Nexia, Damas rusumli avtomobillar bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum. Videoda odamlar yong‘inni o‘chirishga harakat qilayotganda portlash sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Bu voqea haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!