Vashingtondagi samolyot halokatida hech kim omon qolmadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma’lum qildi.
Kolumbiya okrugi o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Jon Konelli ham halokatdan hech kim omon qolmaganini aytdi.
TASS xabariga ko‘ra, Donald Tramp Vashingtondagi aviahalokatda halok bo‘lganlar orasida Rossiya fuqarolari borligini tasdiqladi va ularning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
- Bu ko‘plab odamlarga, afsuski, bortda bo‘lgan boshqa mamlakatlar fuqarolariga ta’sir qildi. Ularning qarindoshlari hozir Vichita, Kanzas, Vashington, Amerika va Rossiya bo‘ylab qayg‘urmoqda. Shuningdek, yo‘lovchilar orasida juda iste’dodli odamlardan iborat rus guruhi ham bor edi. Afsuski, ular bu samolyotda edi. Hamdardlik bildiraman, — dedi Tramp Oq uyda qilgan chiqishida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh poytaxti Vashingtonda kichik samolyot Potomak daryosiga qulagan edi. Hodisa Ronald Reygan aeroporti yaqinida, Oq uy va Kapitoliydan taxminan to‘rt kilometr janubda sodir bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Исроил “Ам Калави” операцияси доирасида Эрон ҳудудида махфий дрон (БПЛА) базасини яратди. Israel Hayom нашрининг хабар беришича, “Ам Калави” операцияси бир неча йиллар давомида тайёрланган.
Исроил хавфсизлик хизматлари вакилининг "Fox News"га билдиришича, махсус чоралар орқали улар Эрон қўмондонлари ҳақида кўпроқ маълумот тўплаб, бу маълумотлар асосида уларнинг ҳаракатини бошқаришга муваффақ бўлишган.
Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.
Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.