Vanihoyat! Bayden Putinga uchrashishni taklif qildi

Vanihoyat! Bayden Putinga uchrashishni taklif qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Oq uy.

Suhbat chog‘ida Bayden rossiyalik hamkasbiga uchrashini taklif qilgan.

AQSh yetakchisining taklifiga ko‘ra, uchrashuv yaqin oylarda uchinchi mamlakat bilan bo‘lib o‘tishi mumkin.

Rejalashtirilayotgan uchrashuvning asosiy mavzusi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatning qator masalalarini muhokama qilish bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Bayden suhbat davomida Rossiya va Ukraina chegarasidagi vaziyat keskinlashishidan xavotir bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!