Prezident qarori bilan 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.
Mazkur tartib joriy yilning 1 noyabridan amal qiladi hamda unga quyidagilar kiritilgan:
uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
riyeltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
kulolchilik.
Joriy yilning 1 noyabrdan boshlab tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperasiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlarga quyidagilarni xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratiladi:
parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;
uzum ko‘chati va tok so‘risi;
asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
baliq chavoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemi.
Mablag‘lar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Shuningdek, 2023 yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50%idan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi.
Bunda savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar nazarda tutilmagan.
2023 yildan o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi:
chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
issiqxona;
parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
quyonchilik;
asalarichilik;
baliqchilik;
bog‘dorchilik;
limonchilik;
gulchilik.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.
Исроилнинг 13 июн куни амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида Натанзда жойлашган асосий ядровий заводидаги уранни бойитиш центрифугалари бутунлай йўқ қилинган бўлиши мумкин. АЭХА бу ҳодисани радиацион ва кимёвий ифлосланиш келтириб чиқарган жиддий авария сифатида баҳоламоқда.