Joriy yilning 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgan bo‘lib, ayni paytda ushbu yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalariga maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar tashkil etilishi ham belgilangan.
Shu munosabat bilan 22-23 noyabr kunlari Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalari hamda Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda G‘uzor tumani 68-son davlat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va qayta ishlash zavodlariga ekskursiyalar tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, talaba va o‘quvchi yoshlarga mutaxassislar tomonidan korxonalar hududida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tushuntirib o‘tildi.
So‘ng kelajak avlodni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan qurilmalar va uskunalar bilan tanishtirildi.
Ushbu ekskursiya yoshlarda katta qiziqishlar uyg‘otdi va ular o‘zlariga hamrohlik qilgan mutaxassislardan qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.
Bu kabi ekskursiyalar talaba va o‘quvchilarda katta taassurot qoldirish bilan birga ishlab chiqarish korxonalari va ta’lim muassasalari orasidagi hamkorlikni davom ettirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘qish va amaliyotning uyg‘unligi albatta kelajak avlod uchun poydevor vazifasini bajaradi. Bu amaliyotning "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi esa neft va gaz sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishda katta hissa qo‘shadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.