O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat yo‘lladi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat yo‘lladi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ayni vaqtda Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat yo‘lladi.

Unda fuqarolar kuchli zilzilalar qayta sodir bo‘layotgani sababli ayrim qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirildi.

"Agar siz zilzila sodir bo‘lyotgan viloyatlarda bino ichida bo‘lsangiz, hujjatlar va zarur narsalarni olib, binodan tezda chiqing. Xonadan chiqyotganda liftda emas, zinapoyalardan foydalaning.

Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting. Tinchlaning va boshqalarni tinchlantirishga harakat qiling!", deyiladi murojaatda.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi (tel.: +905380358534), Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!