O‘zbekistonning 19 ta klubi OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonning 19 ta klubi OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi

Osiyo futbol konfederasiyasining navbatdagi lisenziyalash mavsumi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 19 ta klubi OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi va qit’ada eng yaxshi ko‘rsatkichni egalladi.

Mamlakatimiz Superligasi hamda Pro ligasida qatnashayotgan klublar, OFK lisenziyalash reglamenti shartlari asosida sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy va moliyaviy mezonlar bo‘yicha hujjatlarni taqdim etdi.

Yangi tashkil etilayotgan qit’a klublar musobaqalari oldidan yurtimizning 19 ta klubi qit’a futbol uyushmasining elit turniri minimal talablarini bemalol bajara oladigan holatga yetgani mamlakatimizda sportning boshqa turlari kabi, futbolga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!