O‘zbekistonlik talaba Koreyadan Toshkentga isitma bilan qaytdi

O‘zbekistonlik talaba Koreyadan Toshkentga isitma bilan qaytdi

O‘zbekistonda 7 mart soat 09:00 holatiga COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lum qildi.

15 yanvardan 6 martgacha bo‘lgan davrda Xitoy va 29 fevral kunidan epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan O‘zbekistonga jami 6 311 nafar fuqaro (shundan 1132 nafari Xitoy va Koreya fuqarolari) kelgan, ulardan 1 410 nafarining salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Sanitariya-karantin punktlaridan 6 mart kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy davlatlardan 25 ta reysda 4 113 nafar, temir yo‘llar orqali beshta poyezdda jami 609 nafar shaxs, davlat chegara-bojxona postlari orqali 1 882 ta avtotransportlarning egalari va 37 730 nafar yo‘lovchi termometriyadan o‘tkazilgan.

Shundan 303 nafari oxirgi 15 kun ichida koronavirus tarqalgan davlatlardan kelgan bo‘lib, ular orasida Janubiy Koreyadan kelgan bir nafar o‘zbekistonlik talabada tana harorati me’yordan yuqoriligi aniqlangan. Bemor Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi yotqizilgan, laboratoriya usulida tekshirilganda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

«Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol to‘g‘ilsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71-276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi agentlik axborotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!