O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat migrantlari oqimi kamayishi mumkin

O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat migrantlari oqimi kamayishi mumkin

O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat migrantlari oqimi kamayishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bo‘lim boshlig‘i Alisher Ro‘ziyev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, hozir O‘zbekistonda qurilish sohasi faol rivojlanmoqda, ba’zi ob’ektlardagi ish haqi esa Rossiyadagi mehnat haqi bilan raqobatlasha oladi.

“Bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish sohasida keskin o‘sish bo‘lmoqda va tabiiy ravishda, bizdagi ish haqi Rossiyadagi ba’zi ob’ektlarniki bilan tenglashib qoldi. Shu sababli ushbu vaziyatda Rossiyaga jo‘nab ketayotgan fuqarolarimiz oqimining pasayish tendensiyasi kuzatilishi mumkin”, — dedi Alisher Ro‘ziyev.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bo‘lim boshlig‘ining aytishicha, O‘zbekistondagi ba’zi yirik qurilish ob’ektlarida qurilish ixtisosliklari bo‘lgan ishchilar oyiga 500−600 dollar ishlab topmoqda.

“Shunga ko‘ra, bunday ish haqi uchun Rossiyaga borish endi manfaatli bo‘lmay qoldi”, — deya qo‘shimcha qilgan agentlik vakili.

Shuningdek, uning bildirishicha, O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi so‘nggi ikki yilda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish geografiyasini sezilarli darajada kengaytirdi. Bu Evropada ishchi kuchiga bo‘lgan talab oshgani hisobiga ham bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!