O‘zbekistonda qurilish bozorini rivojlantirish: yangi loyiha va tashabbuslar

A A A
O‘zbekistonda qurilish bozorini rivojlantirish: yangi loyiha va tashabbuslar

Poytaxtimizda davom etayotgan, “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovasiya va ma’rifat” deya nomlangan Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “2023-2028 yillarda O‘zbekistonda qurilish bozorini rivojlantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning qurilish va kommunal sohasiga daxldor vakillari ishtirok etib, sohani rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Suhbat jarayonida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov mamlakatimizda qurilish sohasining rivojlanishi, xususan modernizasiya jarayonlari, raqamlashtirish bosqichlari haqida ma’lumot berdi.

– O‘zbekiston Respublikasida qurilish tarmog‘ini modernizasiya qilish, jadal va innovasion rivojlantirishning strategiyasi tasdiqlangan bo‘lib, shaharsozlik sohasidagi eskirib qolgan normativ hujjatlarni zamonaviy jahon standartlariga muvofiqlashtirish qat’iy belgilab olingan deya so‘z boshladi, – Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov. – Mazkur modernizasiya jarayonlari uchun Koreya qurilish texnologiyalari instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu ishlarni muvofiqlashtirish uchun 2022 yilda Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bugungi kunda institutda 80 dan ortiq qurilish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash bo‘yicha ilmiy xodimlar hamda malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.

Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov shaharsozlik sohasidagi yangicha tizim, takomiliga yetkazilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, ilg‘or xorij tajribasi va texnologiyasi joriy etilgan laborator ilmiy tadqiqot jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

Bugungi tezkor zamon, jahon bo‘ylab globallashuv jarayonlari tobora chuqurlashib borayotgan sharoitda raqamlashtirish ilg‘or davlatlar iqtisodiyotining barcha tarmog‘ida keng joriy etilmoqda. Hattoki, ayrim mamlakatlar ushbu sohaning eng yuqori cho‘qqisi hisoblangan sun’iy intellektdan faol foydalanishga o‘tganiga guvoh bo‘lyapmiz. Raqamlashtirish har bir sohada insonlarsiz boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish orqali korrupsiyani kamaytiradi, soliq tushumlarini «aqlli» shartnomalar tuzish orqali ko‘paytiradi, byudjet xarajatlarining ochiqligini oshiradi, yagona elektron platforma orqali xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Har bir jabhada raqamlashtirish jarayonlarini tashkil etish kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolish imkoniyatini beradi. Tadbirda mamlakatimizda qurilish sohasini raqamlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston qurilish sohasini raqamlashtirish bo‘yicha dunyoning ildamlab borayotgan mamlakatlari qatorida. Vazirlik tomonidan aholiga, tadbirkorlik sub’ektlariga buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlariga, umuman qurilish jarayonlarining barcha ishtirokchilariga maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Bunda barcha xizmat va texnologik jarayonlarni inson omilining aralashuvisiz muvofiqlashtirib borish maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishga tushirildi. Bu esa mazkur sohadagi davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish, hujjatlarning elektron shaklda aylanishini ta’minlash, investisiya dasturidagi qurilish ob’ektlarining holatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini bermoqda. Shuningdek, qurilish ob’ektlarida nazorat jarayonlari elektronlashtirilib, barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantirilayapti.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi direktori o‘rinbosari Shuhrat Hamdamov dasturiy majmuaning asosiy modullari bo‘yicha ma’lumot berdi. “Qurilish sohasidagi davlat xizmatlari axborot tizimi” platformasi orqali bir necha davlat xizmatlari onlayn amalga oshirilib kelinmokda. Jumladan, qurilish hamda tugallangan ob’ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma olish va hokazo. Qurilish va loyiha tashkilotlarining reytingini aniqlash tizimiga respublikada faoliyat yuritayotgan 22 mingdan ortiq qurilish va loyiha tashkilotlari kiritilgan. Mazkur tashkilotlarning reytingi uning moddiy-texnik bazasi, raqobatbardoshligi, kadrlar siyosati, moliyaviy ko‘rsatkichlari, soha mutaxassislarining ish tajribasi kabi bir necha muhim faktorlarni inobatga olgan. Shuningdek, mas’ul davlat organlaridan ma’lumotlar onlayn tartibda avtomatlashtirilgan holda shakllantirilib boriladi. Ta’kidlash lozimki, dunyo miqyosida tender platformasining analogi mavjud emas, ya’ni ushbu tizim faqat O‘zbekistonda tashkil etilgan. Bunda talabgorning ma’lumotlari avtomatlashtir- ilgan tarzda Soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Majburiy ijro byurosi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi va Markaziy bank ma’lumotlar bazasidan olinadi.

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha axborot tizimi to‘liq raqamlashtirildi, bunda ariza beruvchilar uydan chiqmagan holda murojaat qilishlari, qisqa muddatlarda tegishli ekspertiza xulosalarini olishlari mumkin. Eng muhim jihati, murojaatchi onlayn ravishda arizaning har bir bosqichini monitoring qilishi uchun imkoniyat yaratilgan. Navbatdagi modul qurilish sohasida ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni monitoring qilish va har bir ob’ekt kesimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida jam qilgan “Maqsadli dasturlar monitoringi” elektron tizimidir. Ushbu tizim orqali “Shaffof qurilish” tizimi qoshidagi boshqa tizimlar hamda tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integrasiya qilinishi hisobiga amaldagi muammolarni yechish imkoniyati paydo bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Xato tuzatildi: Bobir Abdixoliqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Президент Фармони билан бир гуруҳ ёшлар «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.

Mask Eron oliy rahbariga savol berdi: «Amerika — katta shaytonmi yoki eng katta shayton?»

Илон Маск Эрон олий раҳбари Али Хоманаийнинг ижтимоий тармоқдаги постига шама билан изоҳ қолдирди.

Putin Ukraina bo‘yicha muhim bayonot berdi

Россия президенти Владимир Путин Украина билан ўтказилаётган музокараларда меморандумлар қарама-қарши бўлса-да, томонлар «яқинлашиш йўлларини излаш» учун мулоқотни давом эттиришга тайёр эканини маълум қилди.

NATOga qarshi sharqona javob: Eron SHHT sammitida

Эрон мудофаа вазири Азиз Носирзода Исроил билан кечган 12 кунлик қуролли тўқнашувдан сўнг биринчи бор хорижга сафар қилди — у Хитойдаги ШҲТ (Шанхай Ҳамкорлик Ташкилоти) хавфсизлик саммитида иштирок этди.

"Kiyev tobora xavfli joyga aylanmoqda"

Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.

Isroil Eronga qarshi urushga necha yil tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда The Times хабар бермоқда.

"Bu pastkash kim?" — Tramp CNN nashrining Eronga aloqador maqolasidan g‘azablandi

CNN нашрининг ёзишича,Трамп маъмурияти Теҳрон билан Эроннинг фуқаролик ядровий дастурини ривожлантириш учун 30 миллиард доллар ажратиш масаласини муҳокама қилган.

Tehronda Isroil tomonidan o‘ldirilgan generallar va yadro olimlari ommaviy dafn etildi

Минглаб эронликлар мамлакат пойтахти марказига чиқиб, Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси офицерлари ва олимлар билан видолашди.

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, табиий офат оқибатида 50 га яқин уй зарар кўрган. Қутқарув ишлари узлуксиз давом этмоқда.

Urganchda shoqollar yuribdimi?

Вилоят Экология бошқармаси ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Koreyada ruhiy nosog‘lom erkak harakatlanayotgan metroni yoqib yubordi

Натижада 22 нафар йўловчи ёнғиндан заҳарланиб, шифохонага ётқизилишига тўғри келган.

Eron Donald Trampni jiddiy ogohlantirdi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи АҚШ президенти ҳақида гапирди.

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.