O‘zbekistonda magistraturaga kirish talablariga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonda magistraturaga kirish talablariga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura va doktoranturaga kirish talablariga o‘zgartirish kiritiladi.

Oliy, fan va ta’lim vazirining buyrug‘i bilan turk tilini bilish bo‘yicha TÖMER va italyan tilini bilish bo‘yicha Accademia Italiana di Lingua (AIL) sertifikatlari magistraturaga kirish imtihonlarida topshirish mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Endi talabgorlar magistraturaga hujjat topshirganda italyan tili bo‘yicha Cyertificatos di Conoscyenza della Lingua Italiana (CYeLI) va Cyertificazione di Italiano come Lingua Straniyera (CILS) sertifikatlari, turk tili bo‘yicha esa faqat Türkçye Yeterlik Sinavi (TYS) sertifikatini topshirishi mumkin.

Bundan tashqari, buyruq bilan ingliz tilini bilish bo‘yicha mazkur ro‘yxatga Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati o‘rniga International International Test of English Proficiyency (iTEP) Academic-Plus sertifikati kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!