O‘zbekistonda 3 ta davlat banki qoladi, qolganlari xususiylashtiriladi

O‘zbekistonda 3 ta davlat banki qoladi, qolganlari xususiylashtiriladi

O‘zbekistonda 3 ta davlat banki qoladi, qolganlari xususiylashtiriladi. Bu haqda O‘zLiDePdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2030 yilgacha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmi hozirgi 18 milliard dollardan 40 milliard dollarga yetkaziladi.

Tadbirkorlar uchun kreditlar o‘rtacha 20 foizdan 10-12 foizgacha tushiriladi.

Shu maqsadlarga erishish uchun:

— bank omonatlari hajmi 4 barobarga oshiriladi (70 trillion so‘mdan 260 trillion so‘mgacha).

— banklarni xususiylashtirish tezlashtiriladi. Davlat ixtiyorida faqat 3 ta bank qoladi (“Milliybank”, “Xalq banki” va “Agrobank”);

— bank bozoriga yana kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banki kirib kelishi uchun imkoniyat yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!