O‘zbekistonda 16 noyabrdan tabiiy gaz narxi oshishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 16 noyabrdan tabiiy gaz narxi oshishi kutilmoqda

O‘zbekistonda tabiiy gaz tariflari 2018 yilning 16 noyabrdan oshishi kutilmoqda. Jumladan, aholi uchun o‘rtacha 10 foiz, korxonalar uchun esa ko‘proq narx oshishi rejalashtirilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining muhokama portaliga qo‘yilgan qaror loyihasida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, gaz hisoblagichlari o‘rnatilgan xonadonlar uchun tabiiy gaz narxi 16 noyabrdan 10 foizga oshib, bir kub.m. 320 so‘mga teng bo‘ladi. 2019 yil 1 iyundan boshlab esa, gaz narxi 350 so‘mga ko‘tariladi.

Gaz hisoblagichi o‘rnatilmagan xonadonlar uchun 16 nobyardan yangi narx 553 so‘mni tashkil etadi. 2019 yil 1 iyundan esa 605 so‘mga ko‘tariladi. Lekin ularning uyni isitish uchun ishlatgan gaz hajmi 320 so‘mdan hisoblanadi.

Korxona va tashkilotlar uchun esa gaz narxi 16 nobyardan boshlab 600 so‘mni tashkil etadi. 2019 yil 1 iyundan esa gaz narxi yana 50 so‘mga oshib 650 so‘mga tenglashadi.

Bunda g‘isht, asfalt, sement va boshqa bir qator qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, restoran va kafelar (mehmonxonalardan tashqari) va issiqxonalar uchun tabiiy gaz narxi 1000 so‘m qiymatida qoladi. Lekin ushbu korxonalar energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalar ishlatsa, ular uchun gaz narxi 16 noyabrdan 600 so‘mga tushadi. 2019 yil 1 iyundan esa 650 so‘mga teng bo‘ladi.

Avtomobil gaz qo‘yish shahobchalari uchun tabiiy gaz narxi ham 800 so‘m qiymatida qoladi.

Bundan tashqari, 2019 yildan boshlab tajriba sifatida Toshkent shahar Yunusobod tumanida xo‘jaliklar uchun tabiiy gaz iste’moli bazaviy normasi joriy etiladi.

Bazaviy norma xususiy turar joyiga ega abonent uchun isitish mavsumida oyiga 1000 kub.m. qilib belgilanadi. Boshqa vaqtda esa norma oyiga 250 kub.m. ga teng bo‘ladi.

Tabiiy gaz iste’moli normadan oshib ketgan qismiga tarif 20 foiz qimmatroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu qarorda elektr energiyasi va benzin narxlari oshishi ham nazarda tutilgan.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!