O‘zbekiston vakilasi o‘smirlar Olimpiadasi chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston vakilasi o‘smirlar Olimpiadasi chempioni bo‘ldi

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o‘tayotgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha 63 kg gacha vazn toifasida bahslar yakuniga yetdi. Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi.

Kumushxon dast ko‘tarishda 94 kg, siltab ko‘tarishda 124 kg, umumiy hisobda esa 218 kg natija ko‘rsatib, oltin medal sohibasiga aylandi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan oltinchi medal bo‘ldi. Bundan avval bitta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medal qo‘lga kiritilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!