O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 28 mart, seshanba kuni Rossiyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida rossiyaliklar hisobni ochdi. Ivan Zazvonkin darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar yana hujumkor o‘yin namoyish etdi. 76-daqiqada Pavel Meleshin penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va o‘rtoqlik o‘yinida Ravshan Haydarov shogirdlari mag‘lubiyatga uchradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

28 mart, seshanba

O‘zbekiston U-20 — Rossiya U-20 0:2

Gollar: 0:1 — 15 Ivan Zazvonkin, 0:2 — 76 Pavel Meleshin (penalti).

O‘zbekiston U-20: 12. Asrorbek Kenjayev, 2. Izzatullo Po‘latov, 4. Abubakir Ashurov (14. Abbos Fayzullayev, 46), 6. Jahongir O‘rozov, 8. Behruzbek Asqarov, 9. Shahzodjon Ne’matjonov (23. Asad Jo‘raboyev, 46), 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov (11. Shahriyor Jabborov, 46), 18. Saidafzalxon Axrorov (20. Mahmud Mahamadjonov, 68), 19. Shahzod Akramov (10. Umid Sultonov, 68), 22. Sherzod Esanov.

Rossiya U-20: 1. Daniil Xudyakov, 2. Yuriy Koledin, 3. Matvey Lukin, 4. Ilya Kirsh, 5. Artyom Beskibalniy (14. Stanislav Bessmertniy, 87), 6. Ivan Pyatkin (16. Ruslan Chobanov, 56), 7. Ivan Zazvonkin (17. Kirill Nikishin, 46), 8. Daniil Zorin, 9. Pavel Maleshin, 10. Ilya Rodionov, 11. Igor Dmitriyev.

Ogohlantirishlar: Shahzodjon Ne’matjonov (14), Abubakir Ashurov (40), Matvey Lukin (42), Izzatullo Po‘latov (45+2), Behruzbek Asqarov (74), Daniil Zorin (90), Umid Sultonov (90+1), Daniil Xudyakov (90+2).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!