O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari YEIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari YEIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

2023-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terhi Xakala va Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori Ilkka Salmi bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi tahdidlariga qarshi kurashish yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Evropa Ittifoqi vakillari O‘zbekistonning fuqarolarni, ayniqsa, mojaro hududlaridan ayollar va bolalarni qaytarish hamda jamiyatga reintegrasiya qilish tajribasini yuqori baholadilar.

Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar joriy yil 26-may kuni Ashxobodda (Turkmaniston) Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillarining to‘rtinchi uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tganini olqishladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!