O‘zbekiston piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

O‘zbekiston piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklov bekor bo‘lganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yurtimizda joriy yilning 1 apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan edi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilinishicha, 2023 yil 15 martdan mamlakatimizda piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi (https://t.me/uzagroministry/10786).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!