O‘zbekiston DXX hamda IIV tuzilmalari tungi klublar va boshqa jamoat joylarida reyd o‘tkazdi

O‘zbekiston DXX hamda IIV tuzilmalari tungi klublar va boshqa jamoat joylarida reyd o‘tkazdi

O‘zbekiston DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 5—7 fevral kunlari mamlakat miqyosida “Oriyat” va “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, 7 fevral kuni o‘tkazilgan “Oriyat” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS) va boshqa turdagi yuqumli, teri-tanosil kasalliklarining tarqalishini oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar, tungi klublar va boshqa jamoat joylarida hamkorlikdagi tadbirlar olib borildi.

Tadbirlar doirasida 340 ta ob’ekt tekshirilib, aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan 2 957 nafar shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borildi va mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olindi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 93 ta jinoyat ishlari doirasida 94 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi. 153 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1920 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda ularning 766 nafari rasmiy ogohlantirildi.

“Qoradori” tadbirlarining ikkinchi bosqichida jami 640 ta maxsus tezkor tadbirlar doirasida 1401 nafar giyohvandlik vositalarini tarqatish, saqlash, iste’mol qilishda gumon qilingan shaxslar bilan tezkor va profilaktik ogohlantiruv tadbirlari amalga oshirildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 28 kilogramm 857 gramm giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 9 421 dona kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatib qolindi. 18 ta noqonuniy o‘qotar qurol va 126 dona sovuq qurollar aniqlandi.

Shuningdek, 339 kishiga nisbatan 269 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 119 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. 53 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 656 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 234 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Telegram’da olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida 1 kilo sintetik giyohvandlik vositasi “zakladka” usulida ko‘milgani to‘g‘risida tezkor ma’lumot olindi.

Ma’lumot asosida olib borilgan tadbirlar natijasida 1986 va 2002 yilda tug‘ilgan, ikki nafar shaxs giyohvandlik vositasini ko‘milgan joydan olayotgan vaqtida ushlandi. Ulardan biri yashab kelayotgan Mirobod tumanidagi uyning turli joylarida “zakladka” usulida tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan jami 200 gramm sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, izolyasion lenta va zip-paketlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.

Odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1986 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida vaqtincha yashab kelayotgan Turkiya fuqarosi va ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Ushbu shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, jinsiy ekspluatasiya qilish maqsadida ikki nafar ayolni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbulga jo‘natayotgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Poytaxt hududida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1980 yilda tug‘ilgan shaxs Uchtepa tumanida 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroga tahdid qilib, uning yuz sohasiga bir necha marotaba urgani va narxi 280 AQSh dollari bo‘lgan qo‘l telefoni hamda 460 ming so‘m pullarini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, ushbu shaxsning tanishi o‘zining yashash manzilida “Makarov” pistoletini saqlab kelayotgani haqida tezkor ma’lumot olindi. 6 fevral kuni 1978 yilda tug‘ilgan mazkur shaxs ushlanib, uning Uchtepa tumanidagi uyida o‘tkazilgan tintuv davomida, 1980 yilda ishlab chiqarilgan 1 dona “Makarov” pistoleti, 2 dona o‘qdon va 15 ta jangovar patronlar aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Rossiya Qrimdan harbiy texnikani olib chiqib ketmoqda

Россия Севастополдаги ҳарбий базадан ҳарбий техникани оммавий равишда олиб чиқиб кетмоқда, чунки у фронтда тақчил, деб хабар берди "АТЕШ".

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Rossiyada o‘zbeklar va shimoliy koreyaliklar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Россиянинг Приморск ўлкаси, Арсенев шаҳридаги қурилиш майдонида ўзбекистонлик ва шимолий кореялик ишчилар ўртасида можаро келиб чиқди.

Shimoliy Koreyada harbiy kemani ishga tushirish vaqtida baxtsiz hodisa yuz berdi, bu mamlakat prezidentiga yoqmadi

Бу ҳақда Корея марказий ахборот агентлиги (KCNA) хабар бермоқда.

40 yil Afg‘onistonda yashagan sobiq sovet harbiysi Rossiyaga qaytdi

60 ёшга кирган Нурмомад ҳозирда маҳаллий электр станциясида ишлайди ва йўл қурилиши билан шуғулланади.

​​​​​​​AQShda Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirildi

Гумонланувчи қўлга олинган.

Oq uy Eronni yadroviy fayl haqida ogohlantirdi

Бу ҳақда Оқ уй матбуот котиби Керолин Леавитт журналистлар учун ўтказилган навбатдаги брифингда маълум қилди.

Linkolnning qonga bo‘yalgan qo‘lqoplari auksionda 1,5 million dollarga sotildi

Бу ҳақда Freeman's-Hindman ауксион уйи хабар берди.

Agar sanksiyalar bekor qilinsa, Eron yadroviy faoliyatini nazorat qilishga ruxsat beradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи СНН телеканалида маълум қилди.

AQSHDA har beshinchi bola semirib ketgan

Бу ҳақда Америка президенти Доналд Трамп Оқ уйда сўзлаган нутқида айтиб ўтди.

Yaponiyada inson tushlarini yozib olish texnologiyasi yaratildi

Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.

Taktik yadro quroli: Rossiya MiG va Su samolyotlariga yangi raketa o‘rnatmoqda

Россия тактик ядро зарядли янги бошқариладиган авиация ракетасини жорий этмоқда

Bosib olingan G‘arbiy Sohilda bir nechta ko‘chmanchilar hujumlari haqida xabar berildi

Босиб олинган Ғарбий Соҳил ва босиб олинган Шарқий Қуддусда кеча ва бугун кўчманчилар ҳужумлари авж олди:

Dunyo bo‘ylab o‘g‘irlangan iPhone'lar aynan bir joyda to‘planadi

Financial Times таҳририяти дунё бўйлаб iPhone'лар ўғирланишига оид йирик журналистик суриштирувни эълон қилди.

Firibgar kelinning siri fosh bo‘ldi

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon qanotli raketalarini uchirdi

Ҳозирда снарядлар денгизга тушгани тахмин қилинмоқда.

O‘zbekistonda ekologik va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.

Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Автомобилда ҳайдовчи ва 3 нафар йўловчи бўлган.

Tojikistonda 2 yoshli bola bog‘chada karavotga osilib qolib, vafot etdi

Маълумотларга кўра, лоқайдликка йўл қўйган 29 ёшли ходимга нисбатан жиноят иши қўзғатилган

Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan shaxsning qarindoshiga 100 mln. so‘m zarar undirildi

Жумладан, қарздорга ижро ҳужжати мазмуни тушунтирилиб, унинг талабини бажармаслик оқибатлари ҳақида огоҳлантириш берилган.

Marko Rubio: "Biz G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berish hajmi oshishini kutyapmiz"

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Исроил томони билан Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажмини ошириш бўйича музокаралар олиб бораётганини таъкидлади.

Pokistonda terrorchi maktab avtobusini portlatib yubordi

Ҳозирча ҳеч бир террорчи гуруҳ ҳужум учун жавобгарликни ўз зиммасига олмаган.

Bayden haqida dahshatli da’vo: “Umri 1,5 yildan ko‘p qolmagan”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.

Qizlar armiyada xizmat qilmagan yigitlarga turmushga chiqmasligi kerak

Қирғизистонлик депутат Надира Нарматова парламент йиғилишида шундай фикр билдирди.

Surxondaryoda fuqarolar qovundan zaharlanayotgani rostmi?

Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Бу ҳақда “Миллар” дастурида маълум қилинди.