O‘zbekiston BMT Inson taraqqiyoti indeksida 105-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston BMT Inson taraqqiyoti indeksida 105-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston BMT Inson taraqqiyoti indeksida 105-o‘rinni egalladi, deb yozadi UzDaily. Ushbu indeks BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan chiqariladi.

Inson taraqqiyoti indeksi hayot sifati mamlakatlararo o‘lchanadigan har yillik ko‘rsatkichdir.

Uni hisoblashda kutilayotgan hayot davomiyligi, mamlakat aholisining savodlilik darajasi va hayot darajasi kabi uchta asosiy ko‘rsatkichga tayanuvchi koeffisiyentlardan foydalaniladi.

O‘zbekiston 0,710 indeks bilan inson taraqqiyoti yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kirdi.

Norvegiya indeksda birinchi o‘rinni egalladi. Beshlikka, shuningdek, Shveysariya, Avstraliya, Irlandiya va Germaniya ham kirdi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!