O‘zbekiston Belgiya oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-akademik aloqalarni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Belgiya oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-akademik aloqalarni kengaytirmoqda

O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fazilov Belgiyaning Mons universiteti rektori Filipp Dyubua bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida elchi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi. Chet tillarning tajribali va malakali o‘qituvchilarini tayyorlashga e’tibor qaratildi.

Tomonlar Mons universiteti va O‘zbekiston TIV huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda respublikaning boshqa oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida og‘zaki va yozma tarjima, yurisprudensiya, ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlarda akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida qo‘shma akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!