Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive loyihasi konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqiladi

Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive loyihasi konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zavtosanoat va PSA Groupe avtozavod loyihasini qayta ko‘rib chiqadi. Zavodni 10 dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgan edi.

O‘zavtosanoat va Fransiyaning PSA Groupe kompaniyalari Jizzax viloyatida qo‘shma avtomobil zavodini qurish loyihasi konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy mezonlarni takomillashtiradi, deya xabar qildi O‘zavtosanoat matbuot xizmati.

Boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan, sheriklar loyiha konsepsiyasini o‘zgartirish va iqtisodiy parametrlarni optimallashtirish ustida hamkorlikda ishlamoqdalar , deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda ob’ektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilishi bo‘yicha tegishli kontraktlar tuzilgan, deya qayd edi O‘zavtosanoat .

Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive (UzPCA) qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish majmuasi poydevoriga kapsula qo‘yish marosimi 2017 yil iyulida Jizzax erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tgan edi.

QK ustav kapitali 30 mln yevroni tashkil etib, teng ulushda taqdim etilgan. Loyiha bo‘yicha umumiy investisiya miqdori 130 mln dollarga yaqinroqni tashkil etadi. Majmuaning ishlab chiqarish quvvati 13 ming dona Peugeot Expert va 3000 Peugeot Boxer modelidan iborat.

Dastavval zavodning 2019 yil birinchi choragida foydalanishga topshirilishi belgilangan edi. Biroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi vaqtida ob’ekt 2018 yil 10 dekabrida ishga tushishi kerakligini ma’lum qildi.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!