O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga mablag‘ ajratiladi

O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga mablag‘ ajratiladi

 

Buyuk Britaniyada o‘z joniga qasd qilish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha vazir lavozimi joriy qilindi. 

Ushbu lavozimga yangi vazir sifatida Jaklin Doyl-Prays tayinlandi. Mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning yangi vazirni tayinlagani Birlashgan qirollik hukumati saytida e’lon qilingan. 

Ta’kidlanishicha, “Samaritans“ xayriya tashkiloti tomonidan mamlakatdagi ruhiy bosim iskanjasiga tushib, o‘lim haqidagi o‘ylarga qaram bo‘lgan fuqarolarga bu holatdan chiqib ketishlari uchun yordam sifatida 1,8 million funt mablag‘ ajratiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya hukumatida yolg‘izlik muammolari bo‘yicha Treysi Krauch vazir bo‘lgani aytilgandi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!