Uxandagi karantin qancha odamni kasallanishdan saqlab qoldi?

Uxandagi karantin qancha odamni kasallanishdan saqlab qoldi?

Yangi koronavirus pandemiyasi boshlanishida Xitoyning Uxan shahrida joriy etilgan karantin 700 ming kishi kasallanishining oldini olgan va infeksiya tarqalishini sezilarli darajada sekinlashtirgan. 

Xitoylik, amerikalik va britaniyalik olimlar guruhining Science jurnalida e’lon qilingan maqolasida ana shunday fikr bildirilgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, Uxandagi karantinning dastlabki 50 kuni Xitoyning boshqa shaharlarida cheklov choralari joriy etish uchun vaqtdan yutishga imkoniyat berdi.  

Olimlar koronavirusning tarqalish kanallarini tadqiq etish uchun kasallanish haqidagi ma’lumotlar, sog‘liqni saqlash organlari va mobil telefonlar ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. 

Ikki oy avval Uxanda qat’iy karantin joriy etilganida Xitoy hukumati tanqidlarga uchragan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!