O‘tgan oyda 15 ming kishi Germaniyadan boshpana so‘ragan

O‘tgan oyda 15 ming kishi Germaniyadan boshpana so‘ragan

O‘tgan avgust oyi mobaynida 15 mingdan ortiq kishi Germaniyadan boshpana so‘ragan.

Juma kuni Germaniya ichki ishlar vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, joriy yil avgust oyida 15 ming 122 kishi Germaniya federal immigrasiya va qochoqlar xizmatiga boshpana so‘rab ariza topshirgan. Bu o‘tgan iyul oyida ariza topshirganlardan 77 kishiga kam.

Suriyaliklar boshpana so‘rab ariza topshirganlar ro‘yxatini boshqarib turishibdi. 3 ming 403 suriyalik ariza topshirgan. Ulardan keyingi o‘rinda bir ming 464 kishi bilan iroqliklar turadi.

Bayonotda oxirgi oylarda boshpana so‘rab murojaat qiladiganlar soni oshgani aytilgan. May oyida 12 ming 494 kishi, iyunda 13 ming 354 kishi, iyulda 15 ming 199 kishi ariza topshirgan.

Joriy yil yanvardan avgustgacha 127 ming 525 kishi Germaniya hukumatidan boshpana so‘ragan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!