O‘ta yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan jinoyatchi Latviyadan O‘zbekistonga ekstradisiya qilindi

O‘ta yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan jinoyatchi Latviyadan O‘zbekistonga ekstradisiya qilindi

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ekstradisiya qilindi.

Toshkent va Rigada faoliyat yurituvchi Interpol MMBlarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli, ikki davlat mazkur tashkilotlarining rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida firibgarlikda ayblanayotgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi O‘zbekistonga berildi.

Qidiruvdagi shaxs bir necha yillar davomida jabrlanuvchi Amerika Qo‘shma Shtatlariga chiqib ketishni niyat qilganini bilib, AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi sifatida o‘zini tanishtiradi va hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda o‘z xizmatlarini taklif qiladi. Xizmatlari esa tekin bo‘lmagan, albatta. Shu tariqa, firibgardan ancha insonlar jabr ko‘rdi. Jinoyatchini qo‘lga olish oson bo‘lmadi, chunki u O‘zbekistondan chiqib ketganidan keyin shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirib, xorijiy davlatning soxta pasportidan foydalangan holda, jinoiy faoliyatini davom ettirib, o‘zini hamon elchixona xodimi sifatida tanishtirib, barcha xizmatlarni ko‘rsatib, firibgarlik yo‘li bilan jabrlanuvchilarning pul mablag‘larini o‘zlashtirib olgan.

Biroq qidiruvda bo‘lgan shaxsni aniqlash bo‘yicha uzoq davom etgan jarayonga qaramay, uning chet el pasportini soxta, shaxsiy ma’lumotlarini esa haqiqiy emas deb topib, Toshkent va Riga Intnerpolning MMB birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstradisiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgandan so‘ng jinoyatchi Interpol MMB xodimlari hamkorligida adolat qaror topishi uchun O‘zbekistonga olib kelindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!