Urganchda bir kechada 3 kishi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Urganchda bir kechada 3 kishi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan “Youtube” orqali “Urganch tumanida bir kunda 3 (uch) ta jasad chiqqanligi” haqida video murojaat qilishganligi holati o‘rganildi.

2021 yil 27 avgust kuni soat 17:20 larda viloyat IIBning “102 CALL CENTR” markazi operatori Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘i, “Orzu” mahallasida noma’lum uch nafar fuqaro kanalizasiya quvuri ichiga tushib ketib, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar X.Shukurulloyev, O.Kurbanov va SH.Kurbanovlar Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘i, “Orzu” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylardan chiqqan kanalizasiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizasiya kamerasiga tushishganida, kamera ichida to‘planib qolgan zaxarli gazdan zaxarlanib, hodisa joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 27.08.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari ish yurituviga o‘tkazilib, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!