O‘quvchilarning vaqtincha xorijga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘quvchilarning vaqtincha xorijga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamaga qo‘yilgan hujjatda ota-ona farzandini qaysi davlatga, nega, qancha muddatga olib ketayotgani ko‘rsatilgan arizani maktab direktoriga kiritishi taklif etilmoqda.

Direktor arizani bir kunda ko‘rib chiqib, buyruq chiqaradi va o‘quvchi xorijga ketayotgani haqida sinf rahbari va o‘qituvchilarni xabardor qiladi.

Shuningdek, direktor o‘quv yili davomida chetga chiqib ketib, 3 oydan ko‘p uzluksiz dars qoldirgan o‘quvchi haqida Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga ma’lumot beradi.

Komissiya roziligi bilan bola o‘quvchilar safidan chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!