Ular yolg‘ondan boshqasini aytmaslar

Ular yolg‘ondan boshqasini aytmaslar

 Alloh taolo Kahf surasida shunday marhamat qiladi:

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ

“Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmlari yo‘qdir. Og‘izlaridan chiqadigan so‘z qanday ham og‘ir! Ular yolg‘ondan boshqani aytmaslar” (5-oyat).

O‘sha mushriklar o‘zlaricha «Alloh o‘ziga bola tutdi», deydilar.

Ammo

«Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmlari yo‘qdir».

Mushriklar Allohga shirk keltirishda ko‘proq ota-bobolariga suyanadilar. Holbuki, o‘zlari to‘qiydilarmi yoki ota-bobolariga suyanib gapiradilarmi – baribir, ularning bu da’volarida zarracha ilmiylik yo‘q. Bu da’vo johilona aytilgan quruq gap, xolos.

Ularning

«Og‘izlaridan chiqadigan so‘z qanday ham og‘ir!»

Alloh haqida bilmay turib gapirish juda og‘ir. Ayniqsa, ilmsizlarcha, johillik bilan «Alloh O‘ziga bola tutdi», deyish yana ham og‘ir.

«Ular yolg‘ondan boshqani aytmaslar».

Mushriklarning bu gapi g‘irt yolg‘ondir. Ularning bunaqa bo‘htonlari, Qur’oni karimdagi ochiq-oydin bayonotlarga ishonmasliklari Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni taassufga solardi.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!