Ukrainalik deputatlarning daxlsizligi bekor qilindi

Ukrainalik deputatlarning daxlsizligi bekor qilindi

Ukraina Oliy radasi 2020 yildan konstitusiyaning 80-moddasiga kiritiladigan deputatlik daxlsizligini bekor qiluvchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi, deya xabar bermoqda «Interfaks-Ukraina».

Seshanba kuni parlamentning yalpi majlisida 373 nafar xalq deputati yangi qonun loyihasini ma’qullagan. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarni yakuniy tasdiqlash uchun, kamida 300 ovoz kerak edi.

Qonun kuchga kirganidan so‘ng Ukraina konstitusiyasidan deputatlarni parlament roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortish, hibsga yoki qamoqqa olishni taqiqlovchi deputatlik daxlsizligi kafolatlanganligi to‘g‘risidagi nizom chiqarib tashlanadi.

Deputatlar parlament va uning organlarida ovoz berishda hamda o‘z fikrini bayon qilganliklari uchun qonun oldida javobgar bo‘lmaydi. Biroq haqorat yoki tuhmat uchun javobgarlik bundan mustasno.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!