Ukrainadan 1,2 million tonna don eksport qilindi
29 avgust kuni BMT matbuot xizmati ushbu xabarni tarqatdi.
«29 avgust holatida bug‘doy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy miqdori 1 million 289 ming 65 tonnani tashkil etdi. Yuklar Ukrainaning uchta portidan eksport qilinmoqda. Hozirgacha jami 122 kemaga yuk tashishga ruxsat berilgan. Ularning 67 tasi Ukraina portlariga kirayotgan, 55 tasi chiqayotgan kemalardir», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz (QMM) tomonidan 30 avgust kuni yana oltita kemaga 121 ming tonnadan ko‘p oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqish uchun ruxsat berilgan.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 22 iyulda Rossiyadan jahon bozariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolagandi. Rossiya vazirining aniqlik kiritishicha, mazkur hujjat eksportga qo‘yilgan cheklovni bekor qilishga BMTni jalb qilishni nazarda tutadi. Shu bilan bir vaqtda, Ukraina delegasiyasi Turkiya va BMT bilan bug‘doy eksport qilish bo‘yicha bitim imzoladi.
Xabarda keltirilishicha, shu vaqtgacha Turkiyaga 16 ta, Italiyaga to‘rtta, Janubiy Koreyaga uchta kema kelgan. Shu bilan birga, Ruminiya, Xitoy, Misr, Isroil, Niderlandiyaga ikkitadan, Irlandiya, Eron, Gresiya, Liviya va GFRga bittadan yuk kemasi yetib kelgan.
