Ukrainadagi restoranlardan biri yonida portlash sodir bo‘ldi

Ukrainadagi restoranlardan biri yonida portlash sodir bo‘ldi

Ukraina poytaxti Kiyevdagi restoranlardan biri yonida portlash sodir bo‘ldi. 

Hodisa ertalab soat to‘rtlarda yuz bergan. Videokuzatuvlardagi kadrlarda portlashdan bir necha daqiqa oldin bir kishi restoranga yaqinlashib, zinapoya yoniga paket qo‘yib chiqib ketgani tushib qolgan.

Qurbonlar bo‘lmagan, ammo binoning derazalari singan, devori buzilgan.

Hodisa yuzasidan "Mulkni qasddan yo‘q qilish yoki buzish" moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan. Polisiya portlash tafsilotlarini o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!