"Ukrainadagi mojaro “hoziroq” yakunlanishi kerak"

"Ukrainadagi mojaro “hoziroq” yakunlanishi kerak"

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaro “hoziroq yakunlanishi kerak”ligini aytdi va atigi 24 soat ichida kelishuvga erishishga tayyorligi haqidagi tezislarini takrorladi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro hoziroq yakunlanishi kerak.

"Bunga aql bovar qilmaydi, bizda (hokimiyatda) nima qilayotganini bilmaydigan odamlar bor. Ammo, agar (mojaro) hal etilmasa, 24 soat ichida (Vladimir) Putin va (Vladimir) Zelenskiy bilan men buni o‘zim hal qilaman" - dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu juda oddiy muzokaralar bo‘ladi, lekin Tramp ular nimadan iboratligini oshkor qilmasligini, chunki oshkor etsa rejani amalga oshira olmasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!