Ukrainada oligarxlarga qarshi qonun qabul qilindi

Ukrainada oligarxlarga qarshi qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti kecha, 23 sentyabr kuni oligarxlarning iqtisodiy sa siyosiy ta’sirini kamaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi. Qonun «Muhim iqtisodiy yoki siyosiy vaznga ega bo‘lgan shaxslar (oligarxlar)ning haddan tashqari ta’siri bilan bog‘liq milliy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurash to‘g‘risida» deb ataladi.

Hujjatga muvofiq oligarxlarning reestri tuziladi. Unga quyidagi to‘rtta mezondan kamida uchtasiga to‘g‘ri keladigan boylar kiritali: OAVga sezilarli ta’sir, siyosiy faoliyatlar bilan shug‘ullanish, monopolchi kompaniyaga benefisiar egalik va 1 milliondan ziyod kun kechirish uchun zarur miqdorga (taxminan 83 million AQSh dollari) egalik.

Reestrga kiritilgan boylarning siyosiy partiyalar va saylovda nomzodi qo‘yilgan shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi, yirik xususiylashtirish ob’ektlarini sotib olishi, siyosiy targ‘ibotni moliyalashtirishi va siyosiy shiorlar ostida aksiya o‘tkazishi taqiqlanadi. Ular mol-mulki haqida deklarasiya to‘ldirib borishi zarur.

Qabul qilingan qonun o‘n yil davomida amal qiladi. Oligarxlar reestrini tuzish Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining zimmasiga yuklatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!