Ukrainada ham Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalindi

Ukrainada ham Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalindi

14 noyabr kuni Ukraina Sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov o‘zida COVID-19 aniqlanganini aytdi.

45 yoshli Stepanov "Telegram"da shunday izoh qoldirdi: «Ehtiyot bo‘lishga va barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilganimga qaramay, mening bugun COVID-19 ga topshirgan testim musbat natijani ko‘rsatdi».

U bundan avval mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatilganini ma’lum qilgandi.

«Bu urush. Virus har kuni ko‘plab ukrainlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda», dedi Stepanov televizion bayonotida.

Stepanovning aytishicha, Ukrainada o‘tgan sutka davomida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord natija qayd etilib, 12 524 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Bundan oldingi eng yuqori ko‘rsatkich 11 787 nafarni tashkil qilgandi. Bugungi kunga kelib Ukrainada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 525 176 kishiga, qurbonlar soni esa 9508 kishiga yetdi.

Stepanov masofadan ishlashni davom ettirishini aytgan. Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham koronavirusga chalingandi. U ayni paytda kasalxonada davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!