Ukraina Rossiya va uning hamkorlariga sanksiyalar kiritdi

Ukraina Rossiya va uning hamkorlariga sanksiyalar kiritdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federasiyasi aviasiya sanoatiga, shuningdek, «hamkorlar»ga qarshi sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzolaganini aytdi. Bu haqda RBC Ukraina xabar berdi.

Zelenskiy Rossiya aviasiya infratuzilmasi faoliyatini ta’minlovchi 150 ga yaqin yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etilganini ta’kidladi.

Bungacha Ukraina Raqamli transformasiya vazirligi Kiyev Rossiya dasturlariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirib, milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi veb-saytlar va xizmatlarni bloklashini bildirgan edi.

Raqamli transformasiyalar vaziri Mixail Fedorov Ukraina kompaniyalari Rossiyada yaratilgan dasturlardan yoki u bilan bog‘liq korporasiyalardan foydalana olmasligini aytdi. «Milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi» saytlar va xizmatlar ham bloklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!