Ukraina Rossiya bilan Qora dengizda xavfsiz navigasiya bo‘yicha shartnoma imzolamadi

Ukraina Rossiya bilan Qora dengizda xavfsiz navigasiya bo‘yicha shartnoma imzolamadi

Ukraina Rossiya va Turkiya bilan Qora dengizda xavfsiz navigasiya bo‘yicha kelishuvdan deyarli kelishuvga erishilganda kutilmaganda chiqib ketdi. Bu haqda Reuters agentligi to‘rt nafar suhbatdoshiga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina Turkiya vositachiligida ikki oy davomida muzokara olib borib, Qora dengizda yuklarning xavfsiz tashishini ta’minlashga kelishib olgan. Kiyev bu kelishuvni rasman imzolashni istamadi, biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu haqda Turkiyadagi saylovlardan bir kun oldin, 30 mart kuni e’lon qilishiga rozi bo‘ldi.

Reuters manbasiga ko‘ra, Ukraina so‘nggi daqiqada kelishuvdan chiqdi. Buni agentlikning yana uch nafar suhbatdoshi tasdiqladi. Rad etish sabablari noma’lum. Rossiya, Ukraina va Turkiya izoh berishdan bosh tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!