Ukraina Qurolli Kuchlari yangi mudofaa chizig‘ini yaratdi

Ukraina Qurolli Kuchlari yangi mudofaa chizig‘ini yaratdi

Avdeevka qo‘lga kiritilgandan so‘ng, rus qo‘mondonlari g‘alabadan sarmast bo‘lgan holda oldinga intilmoqda, ammo Ukraina Qurolli Kuchlari yangi mudofaa chizig‘ini yaratdi.

Bu haqda Bild tahlilchisi Yulian Repke yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Avdeevka qo‘lga kiritilgach, Rossiya Donesk viloyatining ma’muriy chegaralariga yetib borish uchun g‘arb tomonga harakatlanishga urinmoqda, biroq hozircha natija bo‘lmayapti. Ukraina qurolli kuchlari Avdeevka g‘arbidagi qishloqlarda mudofaa chizig‘ini o‘rnatmoqda.

Tahlilchi misol tariqasida rus qo‘shinlarining yaqinda Avdeevkadan 2 km g‘arbda joylashgan Lastochkino qishlog‘iga muvaffaqyatsiz hujumini keltiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!