Ukraina ikki oy ichida MDH tarkibidan chiqishi mumkin

Ukraina ikki oy ichida MDH tarkibidan chiqishi mumkin

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko mart oyining oxiriga qadar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) tarkibidan chiqish bo‘yicha rasmiy harakatni boshlashi mumkin. Bu to‘g‘rida Izvestiya nashri hukumat tarkibidagi manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, bu qadam 31 mart kuni o‘tkaziladigan saylovlar oldidan Poroshenkoning reytingini ko‘tarish maqsadida qo‘yilmoqda. Prezident ushbu qaror Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashuvi, Kerch bo‘g‘ozidagi muammolar, do‘stlik aloqalarining uzilishi kabilar ta’sirini kamaytirib, saylovoldi kurashlarda uning imkoniyatlarini oshiradi, deb hisoblamoqda.

Boshqa bir manbaning ma’lum qilishicha, Ukraina qator kelishuvlarni buzgani hamda badal pulini to‘lamay kelayotgani sabab allaqachon MDH a’zosi hisoblanmaydi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, hamdo‘stlikni batamomo tark etish uchun harakat namoyishkorona marosim hamda siyosiy xarakterga ega .

2018 yilning bahorida Poroshenko MDH doirasidagi Ukraina uchun xalqaro kelishuvlar bo‘yicha faoliyatni to‘xtatish bo‘yicha qaror chiqargan edi. U faqat mamlakatning milliy manfaatlari bilan bog‘liq kelishuvlarnigina saqlab qolishga buyruq bergan.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi 1991 yilning dekabr oyida tashkil etilgan. Hamdo‘stlik kelishuvlari Rossiya, Belarus hamda Ukraina boshchiligida imzolangan. Ukraina MDH qarorini imzolamagan, shu sabab u ishtirokchi hisoblansada, yuridik jihatdan tashkilot a’zosi hisoblanmaydi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!