Ukraina bug‘doyini kemalarga yuklash hozircha sinov rejimida amalga oshiriladi

Ukraina bug‘doyini kemalarga yuklash hozircha sinov rejimida amalga oshiriladi

Ukraina ikki hafta davomida o‘z portlaridan kemalarga bug‘doy yuklashni sinov rejimida amalga oshiradi. Bug‘doy kuniga ko‘pi bilan uchta kemaga yuklanadi, deb bayonot berdi mamlakat infratuzilmalar vaziri Aleksandr Kubrakov Bloomberg telekanali orqali.

Uning ta’kidlashicha, ushbu rejimda yo‘l xavfsizligi sinovdan o‘tkazilgandan keyin Ukraina portlaridan eksportga chiqariladigan bug‘doy to‘rt-olti haftalarda oyiga uch million tonnani tashkil etishi mumkin.

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

BMT bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi. Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!