Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga olib chiqish harakatlari davom etmoqda

Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga olib chiqish harakatlari davom etmoqda

O‘tgan kunda makkajo‘xori va bug‘doy ortgan yana ikkita kema Ukraina portlarini tark etdi.

Ularning biri Janub portidan, ikkinchisi Chernomorsk portidan yo‘lga chiqqan, deb ma’lum qildi gumanitar masalalar bo‘yicha Rossiya Federasiyasining idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabi rahabari, Rossiya Federasiyasi mudofa boshqaruvi milliy markazi boshlig‘i general-polkovnik Mixail Mizinsev.

12 avgust kuni 60 ming 150 tonna makkajo‘xori ortgan "Zvezda Laura" kemasi Janub portidan, 3 ming 50 tonna bug‘doy ortgan "Sormovskiy 121" kemasi Chernomorsk portidan dengizga chiqdi – deydi Mizinsev.

Xabarda aytilishicha, 1 avgustdan buyon Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ortgan jami 14 ta kema chiqib ketgan. Ushbu kemalardagi jami yuk 438 ming 331 tonnani tashkil etadi. Bular: 367 ming 981 tonna makkajo‘xori, 6 ming tonna kungaboqar yog‘i, 50 ming 300 tonna un, 11 ming tonna soya, 3 ming 50 tonna bug‘doydan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!