UYEFA Kilian Mbappega qora niqobda maydonga tushishga ruxsat berdi

UYEFA Kilian Mbappega qora niqobda maydonga tushishga ruxsat berdi

UYEFA Kilian Mbappega niqobda maydonga tushishga ruxsat berdi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi guruh bosqichining ilk turida Avstriyaga qarshi bahsda (1:0) burnini sindirib oldi. Mbappe mashg‘ulotlar vaqtida Fransiya bayrog‘i ranglari tushirilgan niqobda harakat qilgan. Biroq, UYEFA reglamentiga ko‘ra, futbolchi maydonda faqatgina bir xil rangdagi niqobda bo‘lishi kerak.

Tashkilot Kilianga qora rangdagi niqobda maydonga tushishiga ruxsat berdi.

Futbolchi 2-turdan o‘rin olgan Niderlandiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgan edi.

Guruh bosqichining so‘nggi o‘yini Polshaga qarshi bahsda Mbappening maydonga tushishi kutilmoqda. Uchrashuv 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!